Germaniyaning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining yangi mavsumda «Manchester Siti» bosh murabbiyi bo‘lishi haqidagi savollarga javob qaytara turib, bugungi kunda murabbiylarning tutgan o‘rni borasida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Bavariya»da hozirgi davrdagi ishim va «Manchester Siti»dagi yangi rejalarni qanday qilib bir vaqtda amalga oshirish mumkin? Men xuddi ayollar kabi bir vaqtda bir necha ishni amalga oshira olaman.
«Bavariya»da ilgari murabbiyning o‘zi ketish holati kuzatilmagan, odatda klub murabbiyni o‘z lavozimidan chetlatgan. Shu bilan birga, menda hali yana to‘rt oy vaqt borligini ham bilasiz. Men bunday vaziyatga «Barselona»dagi oxirgi yilimda ham duch kelganman.
Hozirgi vaqtga kelib murabbiylarni ortiq hurmat qilmay qo‘yishdi. Hozir biz nima deb gapirayotganimiz muhim emas. Nega siz o‘yin oldidan shogirdlarimga aytgan ajoyib gaplarimni chop etmaysiz? Tushunmayman, nega murabbiylar hamon matbuot anjumanlarida ishtirok etib kelishmoqda», – deya gapirib o‘tgan Gvardiola.
DW Spors nashrining xabar berishicha, Gvardiola matbuot anjumanida «Manchester Siti» borasida berilgan, futbolga unchalik aloqasi bo‘lmagan savollardan darg‘azab bo‘lgan.