Britaniya muzeyidagi 155 yillik qopqon ish berdi

Jamiyat 20:35 / 05.02.2016 5858

Britaniyadagi Angliya qishloq turmushi muzeyi(Museum of English Rural Life)da 155 yillik eski qopqon ish berdi. Yemak tashvishida qopqonga tushib qolgan sichqon o‘lik holda topildi, deya xabar bermoqda Gizmodo.

Reding universiteti hududida joylashgan muzeyda yuz yildan ziyodroq vaqt mobaynida ishlatilmagan qopqon namoyish etilgan edi. Muzey xodimlari qopqonga tushgan sichqon jasadidan tulum yasab, uni qopqonning bundan keyin ham foydalanishga yaroqliligini isbotlash uchun yoniga qo‘yishni rejalashtirgan.

Perpetual (doimiy, muddatsiz) deb nomlangan sichqon ovlaydigan qopqon britaniyalik Kolin Pullinjyer tomonidan ixtiro qilingan. Qurilma dizayni 1861 yilda patentlangan. Qopqon sichqonlarni o‘ldirmaydi, unga jonivor kirishi bilan temir prujina qaytish yo‘lini bekitib qo‘yadi.

Ko‘proq yangiliklar: