Apple Watch soatlari "aqlli" soatlar bozorining uchdan ikki qismini egalladi

Fan-texnika 22:56 / 05.02.2016 2843

Apple kompaniyasi 2015 yilda 12 mln dona "aqlli" soat sotib, yil natijalariga ko‘ra ushbu bozorning yetakchisiga aylandi. Bu ko‘rsatkich bozorning ushbu segmentidagi barcha sotilgan "aqlli" soatlarning uchdan ikki qismini tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Canalys tahliliy agentligi.

Bu borada 2-o‘rinni Gear 2 soati dizaynini yaxshilagan Samsung kompaniyasi, 3-o‘rinni Pebble, 4-o‘rinni Huawei egalladi. Huawei kompaniyasi Android Wear operatsion tizimida ishlovchi qurilmalarni sotuvchi yetakchi OEM (o‘z brendi ostida boshqa kompaniyalarning mahsulotini sotuvchi) kompaniya bo‘ldi.

2015 yilda ishlab chiqaruvchilar 37 mln dan ko‘proq fitnes-bilakuzuklar sotganlar. Bu borada Fitbit kompaniyasi yetakchi bo‘lgan. Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2-o‘rinni egallagan. Kompaniya 2015 yil davomida 12 mln ta Mi Band bilakuzugidan sotgan.

Tahlilchilar taqib yuriladigan qurilmalar umumiy bozorining 60 foizlik o‘sishini qayd qildilar. Bunday yuqori ko‘rsatkichni birinchi nabatda Fitbit, Apple va Garmin qurilmalarining yangi yildagi savdosi ta'minlagan.

Ko‘proq yangiliklar: