Amsterdam-Moskva reysi bilan kelgan yo‘lovchining jamodonida 40 ta kaltakesak va 3 ta toshbaqa topildi

Jamiyat 21:58 / 05.02.2016 3756

Moskvadagi Sheremetevo aeroporti bojxona xodimlari Amsterdam-Moskva reysi bilan kelgan, 40 ta kaltakesak va 3 ta toshbaqani chegaradan noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan erkakni to‘xtatib qoldilar. Bu haqda Federal bojxona xizmati saytida xabar berildi.

"Toshbaqalar karton qutilarda, kaltakesaklar esa plastik stakanlarda bo‘lgan. Jonzotlar Moskvaga Meksikadan Gollandiya orqali samolyotning yukxonasida olib kelingan", deyilmoqda xabarda.

Erkak jonzotlarni bozorda sotib olgani va ular bilan o‘zining sudralib yuruvchi jonzotlar kolleksiyasini to‘ldirmoqchi bo‘lganini aytgan. Endi mutaxassislar jonzotlarning narxi va ular yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonot va nabotot turlari xalqaro savdosi haqidagi konvensiya ta'siriga tushishi-tushmasligi aniqlanadigan ekspertizani o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: