Afrika futbol konfederatsiyasi FIFA prezidentligi uchun saylovda OFK rahbari, qatarlik shayx Salmon Ibrohim Al-Xalifa nomzodini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi.
CAF decided to backs Sheikh Salman for the FIFA presidential elections
— CAF (@CAF_Online) 5 fevralya 2016
FIFA prezidentligiga shayx Salmondan tashqari JARning sobiq turar-joy qurilishi vaziri Tokio Seksvale, FIFA bosh kotibining sobiq o‘rinbosari Jyerom Shampan (Fransiya), Yevropa futbol assotsiatsiyasi kengashi (UYeFA) bosh kotibi Janni Infantino va Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husayn ham o‘z nomzodini ilgari surgan. FIFA prezidenti to‘rt yil muddatga saylanadi.
Amaldagi prezident Yozef Blatter 2015 yilning 29 mayida tashkilot kongressida navbatdagi muddatga qayta saylangan edi. Biroq oradan to‘rt kun o‘tgach, tashkilotda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar amalga oshirilgani bo‘yicha tergovlar boshlandi va u iste'foga chiqish haqida e'lon qildi.
Muddatidan oldingi prezidentlik saylovi 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
FIFA prezidentligi uchun besh nafar nomzod ro‘yxatga olindi
Shayx Salmon: FIFA prezidentligiga saylansam, JCh-2018 Rossiyada o‘tishini ta'minlayman
Shayx Salmon: FIFA 2018 yilga borib bankrotga uchrashi mumkin