4ta kompaniyaning 5 mln dona avtomobili xavfsizlik yostiqchalaridagi nuqson tufayli ortga qaytariladi

Fan-texnika 18:19 / 05.02.2016 2893

Germaniyaning Continental Automotive System korxonasi 5 million dona xavfsizlik yostiqchalarini boshqaruvchi elektron bloklarda yuzaga kelgan nuqson sabab ularni ortga qaytarib oladi.

Automotive News nashri bergan xabarga ko‘ra, Mazkur qurilma so‘nggi besh yil davomida Daimler, Fiat, Chrysler va Honda kompaniyalari avtomobillari o‘rnatilgan.

Xavfsizlik yostiqchalaridagi nuqson sifatida uning avariya paytida birdaniga ochilib ketmasligi, boshqa paytda esa o‘z-o‘zidan ishlab ketishi ko‘rsatilgan.

Continental firmasi avtomobil ishlab chiqaruvchilarga shunday nuqson bilan sotilgan avtomobillarni chaqirib olishini so‘ragan. Hozirda qaytarib olinadigan mashinalarning markasi bo‘yicha aniq ro‘yxat e'lon qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: