2015 yil 5 fevral kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berilishicha, 2016 yil 1 yanvar holatiga partiya a'zolari soni 115 514 nafarga, boshlang‘in partiya tashkilotlari soni 3374 taga yetdi. Ayollar soni 56 000 nafardan, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 46 000 nafardan oshgan.
2014 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida partiya Oliy Majlis Qonunchilik palatisida 20 nafar deputatdan iborat fraksiyasini shakllantirgan bo‘lsa, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlari soni 834 nafarga (2009 yilgi saylovda 469 nafar), ya'ni sal kam 2 barobarga ko‘paygan.
2015 yil mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan jami 15 ta masala kiritilib, sessiyalarida 21 marotaba mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitilgan. Partiya deputatlari tomonidan turli masalalar yuzasidan 726 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan va ularning aksariyati ijobiy hal etilgan.
“2015 yil – Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha respublika miqyosida “Keksalarni e'zozlash – muqaddas burchimizdir” nomli ijtimoiy aksiya o‘tkazilgan. Aktsiya doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha “Muruvvat” uylari qariyalari, hududlarda istiqomat qilayotgan urush va mehnat faxriylari, mahallalardagi yoshi ulug‘ insonlarga e'tibor ko‘rsatildi. Ular uchun partiya faoli bo‘lgan shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘riklar tashkillashtirilib, salomatliklarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar qilindi hamda maslahat va tavsiyalar berilgan.
Bundan tashqari, Oliy Majlis Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya deputatlari mas'ulligida 12 ta partiyaviy loyiha ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan. Yil davomida partiyaning markaziy, hududiy va mahalliy tashkilotlari tomonidan turli yo‘nalishlarda jami 5078 ta tadbirlar tashkil qilinib, ularda 334 174 nafar fuqarolarning ishtiroki ta'minlangan.
Shuningdek, www.adolat.uz rasmiy saytida “Onlayn deputat” loyihasi va “Huquqiy maslahat” interaktiv xizmati tashkil etilib, fuqarolar uchun partiyadan saylangan deputatlar bilan aloqaga chiqishda yangi qulayliklar yaratilgan.