YouTube videoxizmati to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda 360 darajali yangi turdagi video uzatishni boshlaydi. Loyiha bosqichma-bosqich virtual tarmoqdagi bozorini qamrab oladi va mavjud barcha turdagi video shakllarni o‘qiydigan bo‘ladi. Bu haqida BuzzFeed News portali xabar tarqatgan.
Videoxizmat 360 darajali video tasvirga oluvchi kamera ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Bundan formatdagi video ma'lum masofada bizni jonli tasvirga yaqinlashtiradi.
YouTube xizmati 2015 yilning martidan yangi formatdagi video kontentini rivojlantirish bo‘yicha faol ishga kirishgandi. Iyun oyida smartfonlarda 360 darajali videolarni ko‘rish imkonini beruvchi Google Cardboard loyihasi haqida ma'lum qildi. Noyabr oyida esa YouTube3D texnologiyani qo‘llashi haqida xabar tarqadi. Bu yangiliklar xizmatning qadamma-qadam dunyoning eng yirik videoxostingiga aylanayotganidan darak beradi.