«Xonda» AQShda Civic modelini sotishni to‘xtatadi va sotilganlarni ta'mirlashga yuboradi

Fan-texnika 00:47 / 04.02.2016 2712

Honda kompaniyasi AQShda 2 litrli benzinli dvigatel bilan jihozlangan yangi avloddagi Civic modelining sotilishini dvigatelda nosozlik mavjud bo‘lishidan xavfsirab to‘xtatdi. Sotilgan avtomobillar ortga chaqirtirib olinadi va nuqsonlar borligiga tekshiriladi. Bu haqda Autoblog nashri kompaniya vakili Kris Martinga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Martin 5 fevralda mashinalar ortga qaytarib olinishi boshlanishi e'lon qilinishi va barcha tafsilotlar berilishini hamda 1,5 litrli mashinalar bu aksiyaga tushmasligini ma'lum qildi.

CivicX forumi foydalanuvchilari ixtiyoriga tushgan "Xonda"ning rasmiy hujjatida aytilishicha, 2 litrli dvigatellarda porshen barmoqlarining prujinali stopor halqalari noto‘g‘ri o‘rnatilgan, buning oqibatida dvigatel jiddiy shikast olishi mumkin. Taxminlarcha, 2016 model yilidagi 34 mingtaga yaqin Honda Civic ta'mirlashga jo‘natiladi.

Ayni vaqtda dilerlar motorlarni ta'mirlash uchun zarur detallarni hali olishmagan. Kompaniya vakillari servis ishlari martda boshlanishini kutmoqdalar.

Yangi avloddagi Honda Civic sedani 2015 yil sentabrida namoyish qilingandi. Model 160 ot kuchiga ega 2 litrli atmosferali va 175 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbirlangan dvigatel bilan taklif qilinadi. AQShda Civic oilasi sedan, kupe, besh eshikli xetchbek va Type R xot-xetchidan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: