Xitoyning eng yirik banklari – Bank of China va Agricultural Bank of China banklarining Rossiyadagi filiallari 2015 yil dekabrdan Rossiyadan o‘z aktivlarini olib chiqib ketishni boshlashdi. Bu haqda "Izvestiya" nashri xabar bergan.
Rossiya va Xitoy o‘rtasida eksport-import munosabatlariga ixtisoslashgan Bank of China eng ko‘p miqdorda aktivni olib chiqib ketgan. Dekabr oyida uning Rossiyadagi aktivlari 55,9 mlrd rubldan 38,5 mlrd rublgacha, ya'ni 31 foizga qisqarib ketgan.
"Biz Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ixtilofga javob bermayapmiz. Aktivlarning pasayishi rossiyalik yuridik shaxslar bankda ochilgan hisob raqamlardan mablag‘lar olgani bilan bog‘liq. Bu ularning huquqi va biz uni bajarganmiz", deb aytdi bank vakili.
Ekspertlarning fikricha, bu holatga neft narxining pasayishidan tashqari, Xitoy fond bozorlarida vaziyatning yosmonlashgani qo‘shimcha omil bo‘lgan. Bu sharoitlarda Xitoy banklari xorijda, ayniqsa valyutalari nobarqaror bo‘lgan davlatlarda kengayishni yig‘ishtirishga qaror qilishgan.