VAIO brendi ostida Windows 10 operatsion tizimida ishlovchi yangi smartfon ishlab chiqarildi

Fan-texnika 23:22 / 04.02.2016 3603

Sony kompaniyasidan sotib olingan VAIO kompyuter brendining yangi egalari noutbuk, Android’da ishlovchi planshet va smartfon ishlab chiqarish bilan cheklanib qolmaslikka qaror qildi. Yaponiyada Windows 10 operatsion tizimida ishlovchi VAIO-smartfon taqdim qilindi. Bu smartfon nazariy jihatdan kompyuter o‘rnini bosa oladi.

VAIO Phone Biz deb nomlangan smartfon o‘z ko‘rinishi bilan tadbirkorlarga mo‘ljallanganiga ishora qilib turadi. Smartfon 8 yadroli Snapdragon 617 protsessori, FullHD-ekran va 3 GB tezkor xotira bilan jihozlangan.

Katta sig‘imli tezkor xotira Windows 10 Mobile’da Continuum funksiyasidan foydalangan holda smartfondan kompyuter sifatida foydalanishga imkon beradi, unga simsiz interfeys yoki dok-stansiya orqali displey, klaviatura va sichqonchani ulash mumkin bo‘ladi. Qurilma ko‘rinishi jihatidan xushbichim ishlangan, korpusi boshqa flagman modellar kabi metalldan ishlangan.

VAIO Phone Biz Yaponiyada 50 ming iyendan sotiladi.

Ko‘proq yangiliklar: