Ukrainada Donetskning sovet davridan qolgan bir qancha shahar va qishloq nomlari o‘zgartirildi

Jahon 16:29 / 04.02.2016 3562

Ukraina Oliy Radasining qaroriga ko‘ra mamlakatda olib borilayotgan dekommunizatsiya siyosati doirasida 4ta shahar, 1ta tuman va 160 qishloqning nomi o‘zgartirildi. Bu haqdagi so‘rovni 230 parlamentariy yoqlab chiqdi.

Bundan buyon Donetsk viloyatidagi Artyomovsk tumani Baxmut deb atala boshlanadi.Bundan tashqari, o‘sha viloyatdagi Artyomovsk shahri Baxmut, Dzerjinsk shahri Toretsk, Krasniy Liman – Liman deb ataladi. Odessa viloyatidagi Ilichyovsk shahri Chernomorsk deb nomlanadi. Ro‘yxatga 160 katta-kichik qishloq nomi ham kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: