Turkiya TIV nega Rossiya nazorat parvozini amalga oshirishiga rad javobi berganini tushuntirdi

Jahon 15:04 / 04.02.2016 5876

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Ochiq osmon bo‘yicha kelishuv doirasida Rossiya samolyoti tomonidan amalga oshirilishi kutilgan nazorat parvoziga rad javobi nima sababdan berilganini tushuntirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti agentligi.

“Nazorat parvozlari ikki tomon parvoz rejasi borasida kelishuvga erishgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan so‘ralgan 2016 yil 2-5 fevral uchun so‘ralgan nazorat parvoziga kelsak, tomonlar uning yo‘nalishi borasidagi kelishuvga erisha olmadi va, shu tariqa, u amalga oshmay qoldi”, - dedi TIV matbuot kotibi Tanju Bilgich.

Ko‘proq yangiliklar: