Turkiya o‘z hududi ustidan Rossiyaga kuzatuv parvozini amalga oshirishga ruxsat bermadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining kelishuvlarning bajarilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rijkov ma'lum qildi.
Rijkovning aytishicha, Anqara bu harakati bilan "ochiq osmon" bo‘yicha kelishuv talablarini buzmoqda va xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda.
"Turkiya tomonidan kelishuv talablarining buzilishi va nomunosib harakatlar natijasida Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvga a'zo davlatlaridan birining nazorat qilib bo‘lmaydigan harbiy faoliyatiga xavfli o‘rnak yuzaga keldi", deb aytdi Rijkov.
Avvalroq rossiyalik harbiy inspektorlar "ochiq osmon" kelishuvi doirasida Turkiya ustidan nazorat parvozini amalga oshirishlari ma'lum qilingandi.