AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblangan Donald Trampning samolyoti Tennesi shtati, Neshvill shahridagi aeroportga favqulodda tarzda qo‘ndi. Bu haqda AVS telekanali xabar tarqatgan.
Fuqarolik aviatsiyasi federal agentligi ma'lumotiga ko‘ra, samolyot dvigateldagi muammo tufayli yo‘nalishni o‘zgartirgan.
Bu o‘zgarish tufayli milliarder Arkanzas shtati gubernatori bilan uchrashuvga kechikkan va uchrashuv bekor qilingan. Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Bundan oldinroq, Tramp o‘z partiyadoshi Ted Kruzni Ayovadagi dastlabki saylovda nohaq yo‘l bilan g‘alaba qilganlikda ayblagandi.