Qirg‘izistonda ayni vaqtda 169 muhojir, jumladan 106 nafar afg‘onistonlik, 50 nafar suriyalik, 10 nafar ukrainalik, 2 nafar eronlik va bir marokashlik yashamoqda.
2015 yil natijalariga ko‘ra, 2015 yilda 179 nafar xorijiy fuqarodan qochqin maqomini olish bo‘yicha 129 ta iltimosnoma berilgani qayd qilingan. Iltimosnoma bilan murojaat qilgan fuqarolar haqidagi ma'lumotlar har oy Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Aksilterrorchilik markaziga jo‘natib turiladi.
Qirg‘iziston 1996 yilda BMTning 1951 yildagi "Qochqinlar maqomi haqida"gi konnventsiyasi va bu konvensiyaga 1967 yildagi protokolga qo‘shilgan va shu bilan boshpana qidirayotganlar va qochqinlar bilan ishlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan.
Hozirda Qirg‘izistonda siyosiy sabablar, inson huquqlari va erkinligi buzilishi bo‘yicha taqib qilinayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q bo‘lganlarga boshpana taqdim qilinmoqda.