Oklendda 12 mamlakat Trans-Tinch okeani hamkorligi shartnomasini imzoladi

Jahon 10:09 / 04.02.2016 1995

Yangi Zellandiyaning Oklend shahrida 12 mamlakatning savdo vazirlari Trans-Tinch okeani hamkorligi shartnomasini imzoladi, deya xabar bermoqda VVS.

Hujjatga Avstraliya, Bruney, Vetnam, Kanada, Malayziya, Meksika, Yangi Zellandiya, Peru, AQSh, Singapur, Chili va Yaponiya savdo vazirlari imzo chekishdi. Qayd etilishicha, dastlab hujjatga Avstraliya savdo vaziri, so‘ng uning yangi zellandiyalik hamkasbi imzo chekdi.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktabr kuni AQSh prezidenti Baraka Obama Trans-Tinch okeani savdo hamkorligi haqida 12 tomonlama kelishuv tuzilgani tasdiqlab, shu munosabat bilan jahon savdosi qoidalarini boshqa davlatlar emas, aynan AQSh yozadi, deb ma'lum qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: