Obama AQShning eng yirik musulmon ummati bilan uchrashdi

Jahon 00:23 / 04.02.2016 8843

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining 8 yillik prezidentlik lavozimida birinchi marta AQShda masjidga tashrif buyurdi. Obama 3 fevralda Baltimor shahridagi masjidga keldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

"O‘ylaymanki, u buni ancha avval qilishi kerak edi. U bungacha nima uchun uzoq vaqt kelmaganini tushunmayman. Ko‘pchilik musulmonchilik hamjamiyatlari ularga va'da berilganini olmaganlaridan hafsalalari pir bo‘lgan", deb keltirmoqda musulmonlardan biri Xarun Mogul so‘zlarini nashr.

Nashrning ta'kidlashicha, Obama xorijiy safarlar vaqtida bir necha masjidlarga tashrif buyurgan, biroq u AQShda buni hech ham qilmagan.

Baltimordagi musulmon ummati AQShdagi eng yirigi hisoblanadi. Shaharda islom diniga e'tiqod qiluvchi minglab oilalar yashaydi. Obamaning masjidga tashrifi joriy prezidentlik kampaniyasida aksilislomiy nutqning ko‘paygani bilan bog‘lanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: