AQSh prezidenti Barak Obama 3 fevral kuni Baltimor shahridagi asosiy masjidga tashrif buyurdi. Bu tashrif uning 8 yillik prezidentligi davrida AQShdagi masjidlarga qilgan ilk tashrifi bo‘ldi.
"Biz og‘ir zamonda yashamoqdamiz. Musulmonlar ham dunyodagi boshqa dinlar vakillari kabi terrorizm tahdidi ostida qolgan. Biz qayg‘uingizga sherikmiz. Sizning jamiyatingiz terrorchilar islom dini nomidan harakatlanishi tufayli 2 barobar jabr chekmoqda. Shu tufayli mamlakatdagi ba'zi toifalar sizning jamiyatingizga ayricha munosabat ko‘rsatishmoqda, bu esa juda og‘riqli muammodir", degan u o‘z chiqishida.
Kun avvalida Obama Amerika musulmonlari jamiyati rahbarlari bilan yopiq eshiklar ortida uchrashgan, unda AQShdagi jamoat arboblari, shifokorlar, talabalar, Qur'on bilimdonlari ham ishtirok etgandi.
Qayd etish kerakki, Obama xorijiy safarlar vaqtida bir necha masjidlarga tashrif buyurgan, biroq u AQShda bu ishni ilk marta amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, Baltimordagi musulmon jamiyati AQShdagi eng yirigi hisoblanadi. Shaharda islom diniga e'tiqod qiluvchi minglab oilalar yashaydi. Obamaning masjidga tashrifi joriy prezidentlik kampaniyasida aksilislomiy chiqishlarning ko‘paygani bilan bog‘langan.