Neymar da Silva 2 fevral kuni o‘g‘lining «Santos»dan Kataloniya jamoasiga o‘tishida sodir etilgan moliyaviy firibgarlik bilan bog‘liq sud jarayonida ko‘rsatma berish vaqtida uning o‘g‘li faoliyatini kataloniyaliklar safida yakunlashga majbur emasligini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, u bir jamoa tomonidan Neymarni «Barselona»dan transfer qilish uchun uning shartnomasida belgilab qo‘yilgan 190 million yevro miqdorida mablag‘ taklif etilganini bildirgan.
Bundan oldinroq, Neymarga «Real», «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublardan qiziqish mavjudligi xabar qilingandi.
Shuningdek, Ispaniyadagi mahalliy nashrlarda «Real» prezidenti Florentino Peres Neymarni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgani, uni tarkibga jalb etib, unga yiliga 35 mln yevrodan iborat maosh to‘lashga roziligi haqida xabarlar tarqalgandi. U shuningdek, bu transfer amalga oshsa, futbolchiga 30 mln yevro miqdoridagi mukofot berish niyatida ekani aytilgandi.