Microsoft korporatsiyasi sun'iy ong negizida klaviaturalar ishlab chiquvchi SwiftKey kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda sotib olingan kompaniya blogida ma'lum qilindi.
Financial Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Microsoft bu kompaniyani 250 mln dollarga sotib olgan.
Londonda joylashgan SwiftKey kompaniyasi virtual klaviaturalar va bashorat qiluvchi algoritmlar yaratish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya ishlanmalari butun dunyo bo‘ylab 500 mln dan ortiq iOS va Android-qurilmalarda ishlatiladi.
Swiftkey jamoasi Garri Shum boshchiligida ishlovchi Microsoft Research loyihasiga qo‘shiladi.