Messenjerlarning yashirin imkoniyatlari

Fan-texnika 19:37 / 04.02.2016 12457

Hozirda biror-bir messenjer o‘rnatilmagan smartfonni topish qiyin. Ular SMS va telefon qo‘ng‘iroqlari o‘rnini shitob bilan egalladi. Lekin hamma ham ushbu dasturlarning yashirin imkoniyatlarini bilavermaydi.

Biz foydalanuvchilarga messenjerlar yordamida suhbatlashishda qulaylik yaratuvchi imkoniyatlar bilan tanishtiramiz.

WhatsApp

Kompyuterda suhbatlashish uchun.

web.whatsapp.com  saytiga kiring> Smartfoningizda whatsapp ilovasini oching (iPhoneda“nastroyki”ga, Androidda “menyu”ga kiring) > WhatsApp Webni tanlang > QR-kodni skanerlang.

Ilovaga so‘nggi marta kirilgan vaqtni yashirish uchun.

Menyu > Nastroyki > Akkaunt > Privatnost > Dasturga oxirgi marta qachon kirganingizni kimlar ko‘rishi mumkinligini tanlang.

Qurilma xotirasi foto va videofayllarga to‘lib qolmasligi uchun.

Mediafayllar odatda smartfonning umumiy xotirasiga saqlanib qoladi. Uni o‘chirish mumkin.

Nastroyki > Chaty i zvonki > Avtozagruzka media > Kerakli punktlardagi belgilarni olib tashlang.

Suhbat matnini o‘z pochtangizga yuborish uchun.

Kerakli suhbatni tanglang> Menyu > Yeshche > Otpravit chat po pochte.

Xabarnomalarni inkor qilish uchun.

Kerakli suhbatga kiring> Kontakt yoki guruh nomini tanlang> «Ne bespokoit» yozuvini bosing vainkor qilish muddatini tanlang.

Muhim kontaktni ekranga qo‘shish uchun.

Kerakli suhbatga kiring > Menyu > Yeshche > Ne bespokoit > Dobavit yarlyk.

Muhim kontaktlar uchun shaxsiy xabarnoma belgilash uchun.

Menyu > Posmotret kontakt > Individualnyye uvedomleniya > Belgi qo‘ying va tovushni tanlang.

Viber

Kompyuterda suhbatlashish uchun.

Dasturni kompyuterga o‘rnatish kifoya.

Ilovaga so‘nggi marta kirilgan vaqtni yashirish uchun.

Nastroyki > Konfidentsialnost. Bu yerda «V seti» statusini va xabarlarning o‘qilganligi haqidagi xabarnomani o‘chirib qo‘yish mumkin (lekin siz ham kotaktlarning statusini ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lasiz va xabarnomalar ololmaysiz).

Qurilma xotirasi foto va videofayllarga to‘lib qolmasligi uchun.

Nastroyki > Multimedia > «Avtomaticheski zagrujat foto» va «Avtomaticheski zagrujat video» yozuvlaridan belgilarni olib tashlang.

Suhbat matnini o‘z pochtangizga yuborish uchun.

Nastroyki > Vyzovy i soobshcheniya > Jurnal elektronnyx soobshcheniy.

Telegram

Ilovaga so‘nggi marta kirilgan vaqtni yashirish uchun.

Settings > Privacy and Security > Last Seen > Statusingizni kimlardan yashirishni tanlang.

Akkaunt xavfsizligini kuchaytirish uchun.

Settings > Privacy and Security > Qo‘shimcha parol orqali kiriladigan ikki bosqichli autentifikatsiya funksiyasini yoqing, parolni tiklash elektron pochtaga bog‘lanadi. Mana shu menyuda ilovani qulflaydigan raqamli parolni kiritishingiz mumkin.

Qurilma xotirasi foto va videofayllarga to‘lib qolmasligi uchun.

Settings > Chat Settings — Cache Settings > Bir haftadan ortiq ko‘rilmagan fayllar avtomatik ravishda ilova xotirasidan o‘chib ketishini ta'minlaydigan optsiyani tanlang. Agar biror fayl kerak bo‘lib qolsa, uni Telegram buluti orqali yuklab olishingiz mumkin.

Boshqa stikerlarni qo‘shish uchun.

Agar suhbat jarayonida biror stiker yoqib qolsa, uni barmog‘ingiz bilan bosib turing va Info > Add Stickers yozuvini tanlang.

Maxfiy chat yaratish uchun.

Secret Chats — avtomatik ravishda o‘chib ketadigan xabarlar. Ular Telegram bulutida saqlanib qolmaydi va qurilmani almashtirsangiz yoki dasturdan chiqsangiz o‘chib ketadi.

Xabarni individual tarzda jo‘natish uchun.

Agar siz bitta xabarni turli odamlarga jo‘natishni istasangiz hamda ular oddiy guruhdagi kabi bir-birlarini ko‘rishlarini xohlamasangiz, Translyatsiyalar (Broadcasts) funksiyasidan foydalaning.

Suhbat matnini tartiblash uchun.

Muntazam ravishda xabar almashishda kishi gangib qolishi mumkin. Habarlarni tartiblash uchun bir qator foydali funksiyalar mavjud: ma'lum bir xabarga javob berish uchun uni bosib turish va Reply ni tanlash lozim, xabar jo‘natayotgan ma'lum bir kishilarning nomi oldiga @ belgisini qo‘yish yoki turlicha xabarlarni qidirish oson bo‘lishi uchun # belgisi yordamida xeshteg hosil qilish mumkin.

Manba: Xabardor.uz

Ko‘proq yangiliklar: