Somali poytaxti Mogadishoga favqulodda qo‘ngan Daallo Airlines aviakompaniyasining samolyoti bortidagi portlashga bomba sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda AQSh hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Manbalar, shuningdek, noma'lum qolish sharti bilan portlash uchun birorta guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaganini ma'lum qildi.
Samolyot havoga ko‘tarilgandan bir necha daqiqa o‘tib bortida portlash yuz bergani sababli Mogadishoga qo‘ngan. Portlash oqibatida samolyot qoplamasida yoriq hosil bo‘lgan. Uch kishi jarohat olgan.