Instagram ijtimoiy tarmog‘i "mikroserial" namoyish qilishni boshladi

Jamiyat 08:27 / 04.02.2016 4319

Facebook kompaniyasiga tegishli Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘zi ishlab chiqargan birinchi mini-serial namoyishini boshladi. Rejissyor Entoni Uilkoks tomonidan suratga olingan Shield 5 trilleri har biri 15 soniyadan iborat 28 ta epizoddan iborat.

Shu tariqa serialning umumiy davomiyligi 7 daqiqani tashkil qiladi. Instagram’da fevral oyi davomida har kuni serialning yangi seriyasi berib borilishi va'da qilindi.

Serial voqealari Londonda sodir bo‘ladi, syujyeti esa olmoslar o‘g‘irlanishi haqida bo‘ladi. Serialning 1-seriyasida foydalanuvchilar o‘g‘rilik va qotillik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qidirilayotgan bosh qahramon Jon Svift bilan tanishadilar.

Instagram’da filmlar 15 soniyalik qismlar sifatida birinchi marta namoyish qilinmayapti. 2013 yilda rejissyor Jorj Lukasning "Yulduzlar janglari" muxlislari filmning 4-epizodini ijtimoiy tarmoqqa shu yo‘l bilan butunligicha yuklashgan. @starwarstagram taxallusli noma'lum foydalanuvchi lentani tepadan pastga qarab surish bilan filmni boshdan oxirigacha ko‘rish maqsadida filmni ijtimoiy tarmoqqa oxiridan boshlab qismlab yuklagan. Biroq Instagram mualliflik huquqlarining buzilishini vaj qilib, tezda bu barcha yuklangan videolarni o‘chirib tashlagan va foydalanuvchining akkauntini to‘sib qo‘ygan.

 

Video opublikovano @shieldfiveFev 1 2016 v 9:00 PST

Ko‘proq yangiliklar: