Honda AQShda xavfsizlik yostiqlarida nuqson kuzatilgan 2,2 mln avtomobilini ortga chaqirib oladi

Fan-texnika 10:17 / 04.02.2016 2402

Yaponiyaning Honda kompaniyasi Takata firmasi ishlab chiqargan xavfsizlik yostiqlari o‘rnatilgan 2.23 mln mashinasini yostiqlarda nuqson kuzatilgani tufayli ortga qaytaradi va ta'mirdan chiqarib beradi. Kompaniya matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, Honda brendidagi 6ta, Acura brendidagi 5ta modelga mansub avtomobillar ortga qaytariladi.

Avtomobil egalaridan 60 kun ichida avtomobillarni tegishli joylarga yetkazish so‘ralgan. Avtomobillar ortga chaqirib olingach, muammoli yostiqchalar o‘rniga boshqalari o‘rnatib beriladi. Avtomobil qismlari yetishmovchiligi kuzatilsa, bu jarayon 2016 yilning yoziga qadar cho‘zilishi mumkin. Barcha xizmatlar tekin ko‘rsatilishi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: