GM Uzbekistan zavod faoliyati to‘xtatilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

O‘zbekiston 11:22 / 04.02.2016 25198

GM Uzbekistan avtomobil zavodida ishlab chiqarish to‘xtatilgani haqidagi xap-so‘zlarni inkor qildi.

“Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda «GM Uzbekistan» avtomobil zavodida ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilgani sabablari keng muhokama qilinmoqda. Rasman tasdiqlanmagan turli ma'lumotlarning paydo bo‘lmasligi uchun shuni ma'lum qilamizki, zavodda ishlab chiqarish to‘xtatilishi yillik profilaktika rejasi hamda yangi T250 (Aveo) loyihasi bo‘yicha konveyerni ishga tushirish bilan bog‘liq”, - deyiladi kompaniya rasmiy saytiga joylashtirilgan xabarda.

Bayonotda keltirishicha, keyingi haftadan zavodda to‘liq ish jarayoni boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning may oyidan GM Uzbekistan kompaniyasi yangi Chevrolet Aveo modelini ishlab chiqara boshlaydi. GM Uzbekistan 2015-2016 yillarda T250 platformasidagi avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etishga 104.2 mln dollar mablag‘ ajratdi. Ishlab chiqarish quvvati esa yiliga 73.6 ming avtomobilni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: