Germaniya suriyalik qochqinlarga 2.3 mlrd yevro ajratadi

Jahon 16:34 / 04.02.2016 1517

Germaniya yaqin 3 yil ichida suriyalik qochqinlar va muhojirlar bilan ishlayotgan gumanitar tashkilotlar hisoblariga 2.3 mlrd yevro miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib beradi. Bu haqda GFR reyxkansleri Angela Merkel Londonda o‘tayotgan Suriya bo‘yicha donor davlatlar konferensiyasi chog‘ida ma'lumot berdi.

Birinchi transh miqdori 1.1 mlrd yevroni tashkil qiladi.

“Federal hukumat muhojirlar oqimin qisqartirish uchun ushbu oqimlarni keltirib chiqargan omillarga qarshi joylarda kurashish kerakligiga ishonchi komil”, - uning so‘zlarin keltiradi DPA agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: