General Motors’ning Rossiyadagi mulki Ryazandagi dileri shikoyati bo‘yicha hibsga olindi

Jamiyat 11:00 / 04.02.2016 3396

General Motors’ning Rossiyadagi 813 mln rubldan ko‘proq ko‘char va ko‘chmas mulki hamda Sitibankdagi hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari Ryazandagi "Region 62" avtosaloni shikoyati bilan hibsga olindi, deb ma'lum qilinmoqda Ryazan viloyati arbitraj sudi saytida.

"Ryazoblavtotexobslujivaniye" AJ (Region 62") aksiyadorlarining ta'minlovchi choralar qabul qilish bo‘yicha shikoyati qondirilsin. "Djyeneral Motorz SNG" MChJning shikoyatda ko‘rsatilgan summa miqdoridagi 813,9 mln rubllik ko‘char va ko‘chmas mulki hibsga olinsin", deyilmoqda sud qarorida.

"Region 62" avtosaloni General Motors’ning ("Djyeneral Motorz SNG" va "Djyeneral Motoroz Deu Avto End Texnolodji SNG" MChJ) Ryazandagi dileri bo‘lgan. 2015 yil martida General Motors o‘zining Rossiyadagi faoliyatini tugatishini, ya'ni 2016 yildan Rossiyada Opel va Chevrolet’ning ommaviy modellarini sotishdan voz kechishini e'lon qilgan.

Shundan keyin avtosalon bilan shartnoma bir tomonlama, 813 mln rubldan ko‘proq zarar qoplanmagan holda bekor qilingan. Shu bilan birga avtosalonning zararlar uchun tovon puli olmasligi xatari yuqori edi, chunki General Motors’ning sotilgan avtomobillaridan tushadigan pul bevosita xorijdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Avtosalon o‘ziga bu mablag‘larning qaytarilishini kafolatlash maqsadida "Djyeneral Motorz" filiallari ustidan sudga shikoyat arizasi topshirgan. Sud ariza beruvchining talabini qondirdi.

Javob beruvchi sud qarori o‘qib eshittirilgunga qadar bir oylik muddat ichida bu qaror ustidan shikoyat arizasi berishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: