Yevropa Ittifoqi davlatlari Turkiyaga migratsiya inqirozi bilan kurashish uchun 3 mlrd yevro ajratilishini ma'qulladi

Jahon 07:12 / 04.02.2016 2933

Yevropa Ittifoqi davlatlari Turkiyaga migratsiya inqirozi bilan kurashish uchun 3 mlrd yevrolik moliyaviy yordam ajratilishini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Yevropa Ittifoqining barcha 28 ta davlati, jumladan Turkiyaga moliyaviy yordam ko‘rsatilishiga qarshi chiqayotgan Italiya ham tegishli kelishuvni Bryusseldagi uchrashuvda imzoladi.

2015 yil noyabrda o‘tkazilgan muzokaralar davomida Turkiya Yevrokomissiya 3 mlrd yevro ajratishni ma'qullagandan keyin Yevropa Ittifoqiga muhojirlar oqimini yo‘lga solishda yordam berishga rozi bo‘lgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: