Britaniyalik marhum san'atkor Devid Bouining iti turli rangdagi ko‘z qorachiqlariga ega ekanligi aniqlandi, deb yozadi The Telegraph nashri. Musiqachining o‘zi ham maktabda olgan jarohati tufayli mana shunday ko‘rinishga ega edi: uning bitta qorachig‘i boshqasinikiga nisbatan kattaroq bo‘lib turardi.
Endilikda u o‘zinikiga o‘xshash qusurga ega itni boqqani aniqlandi. Kuchukni artistning bevasi, model Iymon Abdulmajid aylantirib yurganida ko‘rib qolishgan.
Abdulmajid xonim erining vafotidan so‘ng birinchi marta jamoatchilik oldiga chiqishi.