AQSh yanvar oyida, neft eksportiga taqiqlovning bekor qilinishidan keyin birinchi marta Venesuelaning PDVSA davlat kompaniyasiga WTI markasidagi neft yetkazib berdi, deb xabar bermoqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi.
Ta'kidlanishicha, neft Kyurasao orolidagi Ballen-Bey portiga Eagle Kuantan tankerida yetkazib berilgan, bu yerda PDVSA’ga tegishli neftni qayta ishlovchi zavod mavjud.
ClipperData tadqiqot kompaniyasi rahbari Metyu Smitning ma'lumotlariga ko‘ra, yetkazib berilgan neft hajmi 548 ming barrelni tashkil qilgan.
Venesuela OPeKning neft qazib bo‘yicha 6-raqamli a'zosi hisoblanadi. AQSh energetika vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Venesuela AQShga kuniga 800 ming barrel neft eksport qilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQShda 2015 yil dekabrda 40 yil davom etgan neft eksportiga taqiqlov bekor qilingandi.