Armaniston mudofaa vazirligida aytilishicha, Ozarbayjon qurolli kuchlari 3 fevral kechki payt Armanistonning shimoli-sharqida joylashgan chegara yaqinidagi Berkaber qishlog‘ini o‘qqa tutgan.
Oqibatda mahalliy fuqaroning avtomobili shikastlangan.
"Jabrlanganlar yo‘q. Avtomobilning shinasi va oynasi shikastlangan. Ayni vaqtda Ozarbayjon tomondan nishonga olmay o‘q uzilmoqda", deyilmoqda xabarda.