3 fevral oqshomida APLning 24 turi doirasidagi yana ikki uchrashuv o‘tkazildi. Dastlab, «Chelsi» «Uotford» maydoniga safar qildi. Uchrashuvda hisob ochilmay qoldi.
Guus Xiddink boshchiligidagi jamoa mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgach, ochkolar sonini 29 taga yetkazib, 13-o‘rinni saqlab qolishdi. «Uotford» 33 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.
«Everton» esa shu kuni chempionat autsayderlaridan biri «Nyukasl»ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi - 3:0. Bu natijadan keyin «irisgullar» 32 ochko bilan 11 o‘rinda, «Nyukasl» esa 21 ochko bilan 18 o‘rinda joylashgan.
Angliya chempionati, 24-tur
Uotford – Chelsi - 0:0
Uotford – Gomes, Paredes (Nom, 68), Predl, Ketkart, Xolebas, Kapu (Suares, 87), Uotson, Behrami, Xurado (Abdi, 64), Dini, Igalo.
Chelsi – Kurtua, Ivanovich, Zuma, Terri, Aspilikueta, Obi Mikel, Matich (Azar, 73), Villian, Fabregas, Oskar, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Predl (19), Diyego Kosta (45), Paredes (45).
Everton – Nyukasl 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 23 Lennon, 2:0 – 88, penalti Barkli, 3:0 – 90, penalti Barkli.
Everton – Robles, Koulmen, Djagelka, Funes Mori, Ovedo, Makkarti, Berri, Lennon, Barkli, Kleverli, Lukaku (Kone, 46).
Nyukasl – Elliot, Yanmat, Mbemba (Lassels, 44), Kolochchini, Dammett (Aarons, 46), Seve (Mitrovich, 55), Shelvi, Sissoko, Veynaldum, Taunsend, Peres.
Ogohlantirishlar: Shelvi (61), Koulmen (74), Lassels (88).
Chetlatish: Lassels (90).