Eron Mehnat vazirligi alkogolni mamlakat fuqarolari hayotidan batamom chiqarib tashlamoqchi. Vazirlik xodimi Muhammad Selgining fikricha, Eronda chop etiladigan kitoblar va OAVda spirtli ichimliklar nomi va “vino” so‘zi ishlatilmasligini nazorat qiluvchi maxsus komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, hozirda Eron Madaniyat vaziriligi bunday mazmundagi so‘zlarni qayerda qo‘llash mumkinligi haqidagi ro‘yxatni tuzayotgani ma'lum qilindi.