Yaponiyatda 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan robotlar Olimpiya o‘yinlarida qanday “sport turlari” kiritilishi masalasi muhokama qilinmoqda. Ularni Yaponiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari bilan bir vaqtda tashkillashtirish rejalashtirilmoqda.
Muhokamalar Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi qoshidagi maxsus qo‘mita tomonidan tashkillashtirildi. Unga tadbirkorlar, amaldorlar va ekspertlar vakillari jalb etilgan.
Qo‘mita a'zolarining fikricha, musobaqalar ishlab chiqarish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bemorlarni parvarishlashda foydalanish kabi uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. Bir yil ichida mazkur yo‘nalishlar musobaqaga katta dramatik ruh berishi uchun yanada aniqlashtiriladi. Masalan, robotlar o‘rtasida mahsulotlarni ko‘proq qadoqlash, keksalarni xaridlar uchun sayrga olib chiqishda ularga yo‘lboshlovchilik qilish va boshqalar inobatga olinadi.