Xitoyning kimyo giganti Shveytsariyadagi raqobatchisini 43 mlrd dollarga sotib oldi

Jahon 16:05 / 03.02.2016 2352

Dunyodagi eng yirik agrokimyo kompaniya — Xitoyning ChemChina davlat korporatsiyasi Shveytsariyadagi o‘simliklar himoyasi va urug‘chilik vositalarini ishlab chiqaradigan Syngenta kompaniyasini xarid qilmoqda. Bu haqda CNBC telekanali xabar qildi.

Shartnoma qiymati 43 milliard dollarni tashkil etib, har bir aksiya 480 shveysariya kronasi ($471,38)ga baholandi. Bu Xitoy uchun xorijiy investitsiyalar rejasida mutlaq rekord natija bo‘ldi.

Shveytsariya kompaniyasi bosh direktori Mishel Demarening aytishicha, kompaniya milliylashtirilmaydi. Kompaniya menejmenti o‘z ishini davom ettiradi, Xitoy tomoni esa Syngenta direktorlar kengashiga o‘z vakilini yuboradi.  Syngenta kompaniyasi tarkibida 28 ming xodim mehnat qilmoqda. Uning idoralari esa dunyoning 90 mamlakatida faoliyat ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: