Madridning «Atletiko» jamoasidan Xitoyning «Guanchjou Evergrand» jamoasiga 42 mln yevro evaziga transfer qilingan kolumbiyalik hujumchi Jyekson Martinesga tayinlangan maosh miqdori ma'lum bo‘ldi.
Xitoydagi Dn nashri ma'lumotiga ko‘ra, 29 yoshli bu futbolchi yangi jamoasida yiliga 12,5 mln yevrodan maosh oladi. Uning shartnomasi 4 yil muddatga tuzilgan.
Manbaning yozishicha, bu orqali Martines dunyoning eng ko‘p miqdorda maosh oladigan futbolchilari beshtaligiga kirdi. Undan ko‘proq maosh oladigan futbolchilar sifatida Krishtianu Ronaldu («Real», 21 mln yevro), Lionel Messi («Barselona», 20 mln yevro), Zlatan Ibrohimovich («PSJ», 16 mln yevro) va Tomas Myuller («Bavariya», 13,5 mln yevro) nomlari sanalgan.
Ma'lumot uchun, Jyekson Martines 2015 yilning yozida «Portu»dan «Atletiko»ga 35 million yevro evaziga o‘tgandi. U madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmadi va 15 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urgandi.
Xitoyning «Guanchjou Evergrand» jamoasi 42 mln yevro evaziga Jyekson Martinesni transfer qildi