Turkiya rossiyalik jurnalistlarga viza rejimini joriy qiladi

Jahon 19:27 / 03.02.2016 2696

Turkiya hukumati mamlakat hududida faoliyat olib borayotgan rossiyalik jurnalistlar uchun viza rejimini joriy qiladi. Bu haqda RBK nashri Turkiyaning Moskvadagi elchixonasiga asoslanib xabar bergan.

Viza rejimi 15 fevral kunidan amal qilinishi aytilgan.

"O‘zaro tenglik tamoyiliga asoslangan holda Rossiyadagi barcha OAV xodimlari 2016 yilning 15 fevralidan boshlab Turkiyaga jurnalistik faoliyatni (6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga) amalga oshirish uchun yo‘l olganida "jurnalistlar uchun viza"ni olishlari kerak bo‘ladi", deyiladi Turkiya elchixonasi xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: