«Sampdoriya» mast holda avtomobil boshqargan futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Sport 17:06 / 03.02.2016 2402

Italiyaning «Sampdoriya» futbol klubi mast holatda avtomobil boshqarib qo‘lga tushgan jamoa himoyachisi Jamal Mesba bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli jazoirlik futbolchi 3 fevral kuni taxminan tonggi soat 05:00da Genuya shahar politsiyasidan o‘z mashinasida yashirinishga uringan. DAN xodimlari uni tutib olgan va ekspertiza xulosasiga ko‘ra, futbolchi alkogol mahsulotlarini iste'mol qilgani qayd qilingan. Shuningdek, uning yonida haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan.

Futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan Italiya chempionatining 23-tur doirasidagi «Torino»ga qarshi uchrashuv oldidan tarkibdan chiqarib tashlanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: