Rossiyada valyuta kursidagi farq tufayli chet elliklar mashinalarni manfaatli narxlarda xarid qilmoqda

Jahon 16:18 / 03.02.2016 4325

Auto.ru portalida chet ellik foydalanuvchilarning minilgan mashinalarga bo‘lgan qiziqishi keskin oshib ketdi, deb xabar bermoqda Rossiya matbuoti. 2016 yil yanvarida ular dekabr oyiga nisbatan ikki barobar ko‘proq e'lon o‘qigan. Bu haqda portal tayyorlagan matbuot xabarnomasida tushuntirish berildi.

“Biz bu holatni dollar va yevro kursining rublga nisbatan o‘zgarishi bilan bog‘lamoqdamiz, - deyiladi xabarnoma matnida. – Olib sotarlar Rossiyada arzonlashgan mashinalarni xarid qilib, chet elga olib chiqib ketadi, bu ularga manfaatli. Rossiya va Yevropada bir xil mashinaning narxi o‘rtasidagi farq 30 foizga yetadi”.

Portal mutasaddilari xarid qilingan avtomobillarning keyingi taqdirini kuzatib bormoqda. Xorijga olib chiqilib ketayotgan mashinalar soni joriy yil boshida 20 foizga oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: