Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 fevral kuni AQShning sobiq davlat kotibi Henri Kissinjyer bilan uchrashadi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Uning ta'kidlashicha, siyosatchilar ko‘pdan buyon yaqin do‘stona aloqadadirlar.
“Bugun suhbat, prezident Putinning Henri Kissinjyer bilan eski do‘stona muloqotining davomi Moskvada bo‘lib o‘tadi, - tushuntirdi Peskov. – Bilasizmi, Putin va Kissinjyerni eski munosabatlar bog‘lab turadi, ular doimiy muloqot qilib turishadi, gaplashish imkoniyatidan foydalanishadi. Putin bu imkoniyatni nihoyatda qadrlaydi va u bilan jahon siyosatini muhokama qilib boradi”.