O‘zbekistonda mamlakatga 5 mingga yaqin radioelektron vositalarni olib kirishga bo‘lgan urinish to‘xtatib qolindi

O‘zbekiston 15:17 / 03.02.2016 3259

Radiochastota spektri monitoringini amalga oshirish maqsadida 2015 yil davomida O‘zbekiston elektromagnit muvofiqlik markazi mutaxassislari tomonidan huquq-tartibot organlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining mintaqaviy boshqarmalari xodimlari ishtirokida bir qator rejali va rejadan tashqari tadbirlar o‘tkazdi.

Tezkor texnik tadbirlar doirasida O‘zbekiston hududida markazning hududiy bo‘linmalari tomonidan 1189 reyd amalga oshirildi.

Olib borilgan ishlar natijalariga ko‘ra 662 radioelektron vositaning noqonuniy realizatsiyasi, 4993 radioelektron vositaning mamlakat hududiga noqonuniy olib kirilishi, 1179 radioelektron vositaning noqonuniy ishlatilishi to‘xtatib qolindi. Umumiy hisobda 6834 noqonuniy radioelektron vosita aniqlandi. Ushbu buyumlarning egalariga nisbatan ma'muriy choralar ko‘rildi hamda markaz tomonidan tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirib berildi.

Ko‘proq yangiliklar: