Turkiyaning Adan shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda uchuvchisiz uchish qurilmasi qulab tushgan. Haber Türk nashri xabariga ko‘ra, bu AQSh HHKga tegishli dron bo‘lgan.
Voqea joyiga, Adandan 15 km masofadagi Dogakent tumanidagi qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan maydonga politsiyachilar yetib kelishib, hududni o‘rab olishgan. Bu yerga Injirlik bazasidan mutaxassislar ham chaqirilgan.
Hozircha bu hodisa haqidagi xabarga rasmiy shaxslar tomonidan munosabat bildirilmagan.
Haberler nashri o‘tgan yilning 20 oktabrida ham Xatay viloyati hududida AQSh HHKga tegishli dron qulab tushganini eslatib o‘tgan.