Nintendo kompaniyasi smartfonlar uchun Miitomo nomli o‘yin ishlab chiqdi. Bu haqda The Verge jurnali xabar bermoqda.
Yangi o‘yin DS va 3DS Tomodachi Life o‘yinlariga o‘xshash bo‘lib, unda Mii-avatar yordamida foydalanuvchi do‘stlari bilan virtual makonda aloqa bog‘lay oladi.
Kompaniya rasmiylari o‘yin yangi My Nintendo onlayn servisining mashhurligiga xizmat qilishiga umid bildirmoqda. Miitomo sakkiz tilda lokalizatsiya qilinib, 16 davlatda chop etiladi, ro‘yxatdan o‘tish 17 fevraldan boshlanadi. O‘yin bepul bo‘ladi, lekin o‘yin ichi xaridlari qilish imkoniyati mavjud.