Neymarning otasi: O‘g‘limga boshqa o‘ta hotamtoy jamoadan taklif berilgan

Sport 15:07 / 03.02.2016 4176

"Barselona" hujumchisi Neymarning otasi 2 fevral kuni o‘g‘lining "Santos"dan Kataloniya jamoasiga o‘tishida sodir etilgan moliyaviy firibgarlik bilan bog‘liq sud jarayonida ko‘rsatma berish vaqtida o‘g‘liga kuchli klubdan moliyaviy jihatdan o‘ta jiddiy taklif tushganini tasdiqladi. U gap "ko‘pmillionlar" haqida ketayotganini ta'kidlagan.

Catalunya Radio nashri xabarida aytilishicha, u Neymarning "Barselona"dan ketish niyatida emasligini ham aytgan. 23 yoshli ushbu hujumchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2018 yilga qadar davom etadi.

Bundan oldinroq, mahalliy nashrlarda "Real" prezidenti Florentino Peres Neymarni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgani, uni tarkibga jalb etib, unga yiliga 35 mln yevrodan iborat maosh to‘lashga roziligi haqida xabarlar tarqalgandi. U shuningdek, bu transfer amalga oshsa, futbolchiga 30 mln yevro miqdoridagi mukofot berish niyatida ekani aytilgandi.

Ma'lumot uchun, 2013 yilda "Barselona"ga kelgan Neymar joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 18ta o‘yinida maydonga tushgan va 16ta gol urib, 9ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasining 5 o‘yinida urilgan 2 gol va 3 ta golli uzatma ham bor.

Kataloniyaliklar uning transfer narxini 190 mln yevro qilib belgilab qo‘yishgan.

Ko‘proq yangiliklar: