Mo‘g‘uliston hukumati mamlakat shimoli-sharqida neftni qayta ishlash zavodi va neft quvurini qurish haqidagi qarorni qabul qildi. “Mo‘g‘uliston ovozi” radiosiga tayangan holda TASS agentligining ma'lum qilishicha, ushbu qadam neft mahsulotlari importiga bo‘lgan bog‘liqlikni maqsadli ravishda tushirib borish ishlari doirasida amalga oshirilmoqda.
Mamlakatdagi birinchi neftni qayta ishlash zavodi Xentiy viloyatida joylashadi. U yerda neft konlari va zaruriy infrastruktura mavjudligi tufayli shunday qaror qabul qilindi.
Obekt 2021 yili ekspluatatsiyaga topshirilishi kutilmoqda. Loyiha realizatsiyasi uchun mas'ul shaxs deb sanoat vaziri Dondogdorj Erdenebat tayinlandi.