"Sautgempton" jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Arsenal"ga qarshi o‘yin yakunlanganidan (0:0) keyin raqiblar bosh murabbiyi Arsen Venger bilan qo‘l berib xayrlashish vaqtida o‘yin hakamini Vengerdan "himoya qildi".
Ikki murabbiy o‘zaro qo‘l tashlashish asnosida Venger o‘yinni boshqarib borgan hakam Kreyg Dousonga kinoya bilan deydi: "Siz, hamishagidek, o‘z ishingizni qildingiz, o‘z repertuaringizdan chetga chiqmadingiz".
Bu vaziyatda esa Kuman jim turmaydi va hakamning yonini oladi.
"Yo‘q, aksincha, siz o‘z repertuaringizdasiz", deya fransuz murabbiyga yuzlangan Kuman. U bu vaziyatda Vengerni "har safargidek barcha aybni hakamga ag‘darishga urinish"da ayblagan. Gollandiyalik ushbu mutaxassis "kanonirlar"da gol urish uchun yaqqol 10ta qulay vaziyat bo‘lganini, futbolchilarning o‘zi bu vaziyatlarni ko‘kka sovurganini" qayd etib o‘tgan.
«Arsenal» 2009 yildan beri ilk marta qatorasiga 3ta o‘yinda gol ura olmadi