Italiyada aktyor spektakl vaqtida sahnada o‘zini osib qo‘ydi

Jamiyat 20:09 / 03.02.2016 7839

Italiyalik aktyor, 27 yoshli Rafael Shumaxer teatr spektakli vaqtida sahnada o‘zini osib qo‘ygandan keyin shifoxonaga koma holatida yetkazildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Shumaxer "Saroblar" postanovkasi syujyeti bo‘yicha o‘z joniga qasd qiluvchi personajni o‘ynagan.

Aktyor o‘z qahramonining o‘zini o‘ldirish uslubini o‘zicha o‘zgartirgan, ya'ni u syujyetdagidek o‘zini otishni emas, osishni tanlagan.

Teatr direktori Gabriel De Lukaning ta'kidlashicha, ssenariydagi bu o‘zgarishlar haqida aktyordan boshqa hech kim bilmagan. Aktyor straxovka uchun turishi kerak bo‘lgan quti joyidan siljib ketgan.

Shumaxer avvalgi sahnadagi niqobda bo‘lgani uchun uning yuzi ko‘rinmagan, uning haqiqatan ham osilib qolingani spektaklni tomosha qilgani kelgan, tibbiyot ta'lim muassasasining bitiruvchisi bo‘lgan tomoshabin tufayli payqab qolingan. Tomoshabin buni aktyorning konvulsiyalarga tushayotganidan payqab qolgan.

Aktyorning onasi o‘g‘lining o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini inkor qilmoqda. "Mening o‘g‘lim yaqinda otasini yo‘qotgach va aloqalarni uzgach, ancha o‘ziga kelib qolgandi. U o‘lim oldi maktubini qoldirmagan va o‘z joniga qasd qilish uchun hech qanday asosga ega emasdi", deb aytmoqda aktyorning onasi.

"Saroblar" Italiyaning Piza shahridagi Lux teatrining tajribaviy postanovkasi bo‘lib, undagi voqealar 6 ta sahnada bo‘lib o‘tgan. Tomoshabinlar bu sahnalar orqali erkin harakatlana olishgan. Ko‘ngilsiz voqea teatrning ichki hovlisida sodir bo‘lgan. Aktyor bu yerdagi anjir daraxtiga o‘zini osib qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: