Iroq hukumati Bag‘dodni jangarilardan himoya qilish uchun devor qurishni boshladi

Jamiyat 23:21 / 03.02.2016 4303

Iroq hukumati Bag‘dodga jangarilar tomonidan teraktlar vaqtida ishlatiladigan qurol-aslaha va portlovchi moddalar olib kirilishining oldini olish maqsadida shahar atrofida devor qurishni boshladi. Bu haqda Bag‘dod tezkor shtabi ko‘mondonlaridan biri general Abdul Amir ash-Shammariy ma'lum qildi.

"Bag‘dod atrofidagi xavfsizlik to‘sig‘i terrorchilarga shaharga kirish va portlovchi modda olib kirish yoki minalashtirilgan avtomobilda tinch aholiga hujum qilishga yo‘l bermaydi", deb aytdi general. Generalning aytishicha, devorni qurish bo‘yicha tayyorgarchilik ishlari 1 fevralda boshlangan. Qurilish As-Subayhat tumanidan boshlanadi. Qurilishning 1-bosqichida beshta muhandislik brigadasi kuchi bilan 100 km to‘siq barpo etiladi.

Devorning butun perimetri bo‘yicha bir-biridan ma'lum masofada joylashgan kuzatuv minoralari, kuzatuv kameralari va portlovchi moddalar detektorlari o‘rnatiladi, patrul harakatlanadi. Shaharga kiraverishlar maxsus asboblar bilan jihozlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: