Intellektual mulk agentligi “Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2016 yilgi ilk soni nashrdan chiqdi

O‘zbekiston 14:43 / 03.02.2016 5205

O‘zbekiston Intellekt mulk agentligining “Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2016 yilgi ilk soni nashrdan chiqdi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Xabarda keltirilishicha, mazkur “Rasmiy axborotnoma”da 33 ta ixtiroga talabnomalar, shuningdek, davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 210 ta intellektual mulk obekti, jumladan, 18 ta ixtiro, 9 ta foydali model, 9 ta sanoat namunasi, 119ta tovar belgisi, 52 ta EHM uchun dastur, 1 ta ma'lumotlarlar bazasi, seleksiya bo‘limda o‘simlik navlariga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun qabul qilingan 1 ta talabnoma, o‘simlik navlariga seleksiya yutuqlarining nomlariga 1 ta talabnoma haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi;

Byulletenda tovar belgilari bo‘yicha 20 ta litsenziya shartnomasi, ixtiro bo‘yicha 1 ta, tovar belgilari bo‘yicha 12 ta huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi. “Rasmiy axborotnoma”ning yangi sonini quyidagi manzil orqali yuklab olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: